Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YUNISEF: Dunyoda har 7 daqiqada bir o‘smir o‘ldiriladi
YuNISEF bolalar va o‘smirlar ustidan zo‘ravonlikning global ko‘lami haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan yangi hisobotni taqdim etdi. Bu holat ko‘proq maktab yoki oilada uchraydi, ya'ni ular uchun eng xavfsiz bo‘lishi kerak bo‘lgan muhitda. TASS xabariga ko‘ra, ekspertlar hisob-kitoblariga qaraganda, butun dunyo bo‘ylab har yetti daqiqada zo‘ravonlik natijasida bir o‘smir halok bo‘ladi.
«Tanish yuz: bolalar va o‘smirlar hayotidagi zo‘ravonlik» tadqiqoti tashkilot veb-saytida joylashtirilgan.
Ekspertlarning aniqlashicha, har yili ikki-to‘rt yoshdagi taxminan 300 mln. bolalar qonun bo‘yicha ular uchun mas'ul bo‘lgan shaxslar tomonidan ruhiy hamda jismoniy tajovuzkorlikka duchor bo‘ladi. So‘nggi bir yil ichida 15-19 yoshdagi taxminan 9 mln. qiz jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari qurboniga aylangan (shu bilan birga, 10 nafardan to‘qqizi zo‘ravon bilan tanish bo‘lgan). Biroq, mualliflarning ta'kidlashicha, haqiqiy raqam ancha ko‘p, sababi jabrlanganlarning faqat 1 foizigina professional yordam so‘rab murojaat qiladi.
Maktab yoshidagi bolalarning taxminan yarmi tan jazosi qonun bilan taqiqlanmagan davlatlarda yashaydi. Ular taqiqlangan mamlakatlar soni esa atigi 60 ta.
Voyaga yetmagan shaxslarning o‘limi bo‘yicha holatlarga kriminal hamda qurolli mojarolar ham ta'sir ko‘rsatmoqda: bolalar va o‘smirlarni qurolli guruhlarda ishtirok etishga majbur qilishadi yoki ularning o‘zi jangovar harakatlarning tasodifiy qurboniga aylanadi. YUNISEF o‘smirlar uchun eng xavfli bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini ham tuzgan. Ular orasida Suriya, Iroq, Braziliya, Venesuela, Kolumbiya, Honduras, Salvador, Afg‘oniston va Janubiy Sudan bor.
Mavzuga oid
18:21 / 06.04.2026
YUNISEF Eron rasmiylaridan bolalarni harbiy xizmatga yollashni to‘xtatishni talab qildi
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
14:01 / 19.03.2026
YUNISEF: bolalar o‘limiga qarshi kurashdagi taraqqiyot sekinlashdi
02:09 / 09.03.2026