Jahon | 15:40 / 08.11.2017
12442
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp AQShning orzulari haqida gapirdi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, mamlakat erkin va xavfsiz Koreya yarim oroli hamda oilalarning birlashishi haqida orzu qiladi. Bu haqda Tramp Janubiy Koreya parlamentida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi. CNN telekanali bu chiqishni translyatsiya qilgan.
«Biz erkin Koreya, xavfsiz yarim orol va yana birlashgan oilalar haqida orzu qilamiz... Hamda yadroviy dahshat ajoyib tinchlik haqida va'da bilan almashishini istaymiz», - deya aytib o‘tdi Tramp.
Uning ta'kidlashicha, AQSh shu kun kelguniga qadar «kuchli va hushyor» turishi lozim.
Avvalroq Tramp Rossiya va Xitoyni KXDR bilan diplomatik aloqalarni qisqartirishga chaqirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:20
AQShdagi yadroviy obektlar va aviabazalar ustidan sirli dronlar uchib o‘tishni boshladi
16:10
AQSh RF va XXRni ASEAN davlatlari bayonotini bloklashda aybladi
10:09
AQShning Polshadagi yangi RQM bazasi Rossiya raketalarini urib tushira oladi
13:07 / 13.10.2024