AQŞ prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya parlamentidagi çiqişi vaqtida Rossiya va Xitoy hukumatlarini KXDR bilan diplomatik hamda iqtisodiy aloqalar darajasini kamaytirişga çaqirdi.
«Biz har bir davlatni, şu jumladan, Rossiya va Xitoyni BMT rezolyutsiyasini töla bajarişga çaqiramiz. Bu davlatlarni KXDRdagi rejim bilan diplomatik aloqalar va iqtisodiy hamkorlikni kamaytirişga çaqiramiz», — degan Tramp.
Tramp Janubiy Koreyaga Osiyo böylab turnesi doirasida keldi. U dastlab Yaponiyada böldi, Janubiy Koreyadan Xitoyga yöl oldi.
U Janubiy Koreyaga taşrifi doirasida Şimoliy Koreya bilan çegaradagi harbiylardan xoli hududga kelişni rejalaştirgandi, ammo bu taşrif havo yomonligi tufayli bekor qilindi.
Bundan avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Putin va Tramp Vetnamda uçraşişi kutilayotgani haqida ma'lum qilgandi.











