Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zarafshon daryosi ustidagi yangi ko‘prik ishga tushdi
Foto: uzavtoyul.uz
Xalqaro ahamiyatdagi M39 “Almati–Bishkek–Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘lidagi Zarafshon daryosi ustidan o‘tgan yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi.
M-39 “Almati–Bishkek–Toshkent–Termiz" avtomobil yo‘lining 1079-kilometrida joylashgan, Zarafshon daryosidan o‘tgan eski ko‘prik 1963 yilda qurilgan bo‘lib, ikki polosali hamda 6,8 metrli qatnov qismidan iborat, avtomobil qatnovini ta'minlab berish imkoniga ega emasdi — uning har biri 22,16 metrdan iborat 30 dona oraliq qurilmalari (balkalari) shikastlangan holatda edi.
Mazkur ko‘prikni qayta qurish ishlari 2017 yil yanvarda boshlangan hamda avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tizimidagi “Samarqandko‘prik” korxonasiga topshirilgan bo‘lib, loyiha ishlari “Yo‘l-loyiha byurosi” MChJ tomonidan amalga oshirilgan.
Bugungi kunda mazkur qurilish obektida avvalgi — uzunligi 134 metr, kengligi 6,5 metrli ko‘prik o‘rniga 160 metr uzunlikdagi va qatnov qismi 10 metrdan iborat bo‘lgan yangi ko‘prik qurib bitkazildi. Yangi ko‘prikda har birining uzunligi 22,16 metrdan iborat 36 ta balka o‘rnatilib, uning qirg‘oq bilan tutashgan kirish va chiqish qismlarida uzunligi 12 metr bo‘lgan monolit plitalar barpo etildi, deyiladi qo‘mitaning matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ko‘prikning qurilishi cho‘zilayotgani, harakat cheklangani bois yo‘l-transport hodisalari ro‘y berib, yo‘lning qatnov qismining ko‘prikka yaqin uchastkalarida ulkan tirbandlik hosil bo‘layotgani haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid
08:50
Toshkent, Samarqand va Gulistonda 3 nafar advokatning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi
14:05 / 17.12.2025
Toshkent–Samarqand yangi temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ldi
08:00 / 16.12.2025
Samarqandda marmar toshlar orasiga yashirilgan 37 kg opiy fosh etildi
22:08 / 13.12.2025