Jamiyat | 15:10 / 09.11.2017
15372
2 daqiqa o‘qiladi

Yunusoboddagi do‘konda yirik o‘g‘rilik sodir bo‘ldi

2017 yilning 22 oktabr kuni, tungi soat taxminan 4:00 da noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida joylashgan do‘konga kirish eshigini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan fuqaro Q.S.ga tegishli bo‘lgan 53.767.500 so‘mlik tamaki mahsulotlari, 391.400 so‘m puli hamda «Samsung» rusumli uyali telefonini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni F.B. va D.R. sodir etganliklari aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda. 

Mavzuga oid