2017 yilning 22 oktabr kuni, tungi soat taxminan 4:00 da noma'lum şaxs, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Yunusobod tumani hududida joylaşgan dökonga kiriş eşigini buziş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, u yerdan fuqaro Q.S.ga tegişli bölgan 53.767.500 sömlik tamaki mahsulotlari, 391.400 söm puli hamda «Samsung» rusumli uyali telefonini öğirlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik, ya'ni xonaga ğayriqonuniy ravişda kirib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan edi.
Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni F.B. va D.R. sodir etganliklari aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boşqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekşirilmoqda.











