Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Manilada Trampning tashrifiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
Filippin poytaxti Manila shahrida boshlangan Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammiti munosabati bilan mamlakatga kelgan AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi namoyishlar boshlandi. Bu haqda The Manila Times xabar tarqatdi.
Namoyishchilar AQSh siyosatiga qarshi plakatlar ko‘tarishgan.

AQSh bayroqlariga o‘t qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, namoyishchilarni tarqatish uchun o‘t o‘chirish xizmatlari xodimlari vodomyotlar qo‘llashga majbur bo‘lmoqda.
Nashrning aniqlik kiritishicha, ayrim joylarda to‘qnashuvlar ro‘y bergan va bir necha kishi jarohatlangan.



