Sport | 18:50 / 13.11.2017
19449
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil Madrimov professional boksga o‘tadi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri gubernatori kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqaning ham oltin va bosh sovrinini qo‘lga kiritgan Isroil Madrimov professional boksga o‘tishini inkor etmadi. 

“Har bir musobaqada (professional boks bo‘yicha – KUN.UZ) menejyerlar bo‘ladi. Ular professional boksga munosib bokschilarni izlab, kuzatib yurishadi. Menga ham takliflar bo‘layapti. Ammo hozirda men kelgusi Olimpiadani maqsad qilganman. Shundan keyin professional boksga o‘tish niyatim bor”, - dedi Isroil Madrimov. 

Bokschi 2017 yilgi natijalariga ham bir nazar tashlab, Osiyo chempioni va qator xalqaro turnirlar g‘olibi bo‘lganini qayd etar ekan, Germaniyaning Hamburg shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida mag‘lub bo‘lganidan tushkunlikka tushmasligini, uni yaxshilikka deb hisoblab, kelgusida shu kabi musobaqalarga yanada jiddiy tayyorgarlik ko‘rishini ta'kidladi. 

U, shuningdek, shu yilning dekabr oyida Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida Jahon kubogida ishtirok etib, 2017 yilni yakunlashini ham bildirdi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid