Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mehmonga kelgan ikki shaxs uy egasini tunab ketdi
Foto: guvd.uz
2017 yilning 15 oktabr kuni soat 14:30dan 18:30ga qadar vaqt oralig‘ida, “Timur” va “Ruslan” ismli noma'lum shaxslar, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan fuqaro Ye.S.ning xonadoniga mehmon sifatida kelib, Ye.S. uxlab qolganligidan foydalanib, unga tegishli bo‘lgan bahosi 1.500.000 so‘mlik «LG» rusumli televizorini o‘g‘irlab, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringanlar. Bu haqda Toshkent IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan T.A. va R.B. sodir etganliklari aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026