2017 yilning 15 oktabr kuni soat 14:30dan 18:30ga qadar vaqt oraliğida, “Timur” va “Ruslan” ismli noma'lum şaxslar, Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan fuqaro Ye.S.ning xonadoniga mehmon sifatida kelib, Ye.S. uxlab qolganligidan foydalanib, unga tegişli bölgan bahosi 1.500.000 sömlik «LG» rusumli televizorini öğirlab, jinoyat sodir etilgan joydan yaşiringanlar. Bu haqda Toşkent IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Uluğbek tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (öğirlik, ya'ni bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan T.A. va R.B. sodir etganliklari aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boşqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekşirilmoqda.