Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyaning 2018 yilgi harbiy vazifalarini qachon belgilab berishi ma'lum
Foto: RIA «Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin taxminan 22 dekabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazib, uning davomida 2017 yilgi harbiy yakunlarni sarhisob qiladi hamda kelasi yil uchun vazifalar belgilab beradi. Bu haqda «Kommersant'» gazetasi harbiy manbalarga asosan yozmoqda.
Yig‘ilish, kutilishicha, davlat mudofaasi boshqaruvi Milliy markazi binosida bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham qatnashadi.
«Prezident 2017 yil yakunlarini sarhisob qiladi hamda 2018 yil uchun vazifalarni belgilab beradi, uning nutqida asosiy e'tibor istalgan tajovuzkorga kafolatlangan javob zarbasini berishga qodir kuchli armiyaga ega bo‘lish zaruratiga qaratiladi. Biroq, AQSh bilan qurollanish poygasiga kirmaslik ham tilga olinadi», - deya ma'lum qildi gazetaning yuqori mansabli manbasi.
Putinning yig‘ilishdagi ishtiroki haqidagi ma'lumotga Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham izoh berdi.
«Bu istisno etilmaydi», - degan u.
Avvalroq AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Jon Brennan «Tramp Putin tomonidan qo‘rqitilgan bo‘lishi mumkin»ligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:22 / 26.05.2026
Kiyevga «Oreshnik» bilan hujum: navbat Zelenskiy ofisigami?
22:01 / 26.05.2026
Ukrainaga yordam beruvchi davlatlar koalitsiyasi ikki barobar qisqargani ma’lum bo‘ldi
09:05 / 26.05.2026
Rossiyadagi vatandosh mahbuslar O‘zbekistonda jazo o‘tashni so‘radi
08:54 / 26.05.2026