Sport | 14:15 / 14.11.2017
5530
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya KXDRni Olimpiadada qatnashishga chaqirdi

Foto: Twitter/iocmedia

Koreya Respublikasi KXDRni 2018 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlaridagi o‘z ishtirokini tasdiqlashga chaqirdi. Eslatib o‘tamiz, o‘yinlar Pyongchangda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Birlashuv vazirligining bayonoti 14 noyabr kuni e'lon qilingan bo‘lib, unda Pxenyanning aniq javobi ikki davlatga «tinch Olimpiadani o‘tkazish masalalarini muhokama qilish» imkonini berishi haqida so‘z yuritiladi.

Shuningdek, vazirlikdan ko‘rsatishlaricha, «Shimoliy Koreya Olimpiadada qatnashishini har doim ma'qullaydilar».

Ma'lumot uchun, Olimpiya o‘yinlari 2018 yilning 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid