Jamiyat | 15:50 / 16.11.2017
33714
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ustalar tavsiya etadi: Binolar muhtashamligining siri nimada?

Foto: DEKO’ART

Yurtimiz kundan-kun chiroy ochib, ko‘rkamlashib bormoqda. Qayerga qaramaylik, yangi qurilish, zamonaviy imoratlar, hashamatli restoranlar... Bularning bari ko‘zingizni quvnatadi. Shu o‘rinda bir narsa meni doim qiziqtiradi. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, so‘nggi vaqtlarda klassik uslubni saqlab qolgan holda muhtasham saroyni eslatuvchi binolar barpo qilish urfga kirdi.

Xo‘sh, bunday go‘zal binolarni qurish osonmi? Ularni mukammal ko‘rinishga keltirish uchun ustalar qanday mahsulotlardan foydalanadi? O‘zbekistonda sifatli va sinalgan moldinglar, bo‘yoqlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya mavjudmi?

Foto: DEKO’ART

Bugungi maqola orqali oz bo‘lsa-da, yuqoridagi savollarga javob topishga harakat qilamiz. Dastavval, molding hamda qoplamalarni nima uchun zarur ekanligini bilib olamiz.

Moldinglar – qavariq shakldagi dekorativ qismlar. Asosan, yuza qismlarni bezash uchun ishlatiladi: devorlar, shiftlar, toshlar, arklar va boshqa qismlarga yanada joziba, chiroy berish uchun ishlatiladi.

Dekorativ qoplamalar – bino devorlariga estetik chiroy beruvchi, hamda devorlarni tashqi tasirlardan himoyalovchi material.

Foto: DEKO’ART

O‘zbekistonda esa aynan shu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va hattoki, qo‘shni mamlakatlarga eksport qiluvchi milliy kompaniya faoliyat yuritar ekan. Biz ularning faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun kompaniya bosh idorasiga tashrif buyurdik.

Foto: DEKO’ART

2013 yilda o‘z ishini boshlagan “MARJON MOLDINGS” kompaniyasi “DEKO’ART” brendi ostida o‘z mijozlariga uy-joylar, ofislar, ulkan imoratlar uchun turli xildagi rangli bo‘yoqlar, bino fasadi va ichki yuzalari uchun dekorativ qoplamalar, italiyancha uslub qoplama hamda fasad moldinglarini taqdim etadi. Kompaniya o‘zining sifat nazorat laboratoriyasida uzluksiz maxsulotlarining sifatini sinovdan o‘tkazib turadi. Shuningdek, maxsus sifat nazorat tizimiga ham ega.

Foto: DEKO’ART

Kompaniyaning yana bir eng muxim xususiyatlaridan biri, bu yurtimizda ishlab chiqarilgan mahalliy xam-ashyolar bilan bir qatorda dunyoga mashhur firmalarning eng sifatli materiallardan foydalanishidir.

Xo‘sh, bu mahsulotlar nimasi bilan ajralib turadi?  

  • Original rang va ko‘rinish
  • Mustahkamligi va tashqi ta'sirlarga chidamliligi;
  • Uzoq yillar davomida yorqinlik va sifatni saqlab qolishi;
  • O‘xshash qiyofasi yo‘q bo‘lgan individual uslub;
  • Narxlar hamyonbopligi.
  • Inson salomatligi va atrof-muhitga zarar keltirmaydi

Bugungi kunda DEKO’ART  original lak bo‘yoq materiallari va moldinglar ishlab chiqarishda eng yetakchi kompaniyaga aylangan. Bu fikrlarimizni kompaniya mahsulotlaridan foydalanib, imoratlar quruvchi mahoratli ustalar ham tasdiqlashmoqda.

Farhod Ahmedov, yosh usta-mutaxassis:

Foto: DEKO’ART
Foto: DEKO’ART

“Menga bu kompaniya mahsulotlarining takrorlanmas rangi va sifati juda yoqadi. To‘g‘risini aytsam, mazkur hom-ashyodan foydalanganingizda qilgan mehnatingiz ham yuzaga chiqadi. Mijozlar oldida yuzingiz yorug‘ bo‘ladi. Hozirda moldinglar tobora urfga kirmoqda. Zamonaviy turar-joylarni bejirimlik va shoxona dizaynga asoslanib ta'mirlash ommalashmoqda. Men ustalarga sinalgan mahsulotlardan foydalanishni tavsiya etaman”.

Fazliddin Bozorov, mohir usta:

Foto: DEKO’ART
Foto: DEKO’ART

“Menga DEKO’ART mahsulotlarining qo‘llanishi qulayligi va sifati xorijnikidan sira ham qolishmasligi bilan yoqadi. Masalan, travertin mahsuloti o‘zining tabiiy ko‘rinish va rangi bilan mijozlarga ma'qul kelmoqda. Bo‘yoqlar ham o‘zidan yoqimsiz hid chiqarmay, xona shinamligini saqlab qoladi. Venesian yoki Leonardo suvoqlari esa tabiiy marmar toshini o‘zida aks ettiradi va binolarga o‘zgacha jilo bag‘ishlaydi”.

Foto: DEKO’ART

Xo‘sh, bu borada mijozlarning nima derkin? Yaqindagina dala-hovlisini yangi ta'mirdan chiqargan Husniddin Mamajonov qurilish materiallari haqida o‘z fikrini o‘rtoqlashdi:

“Men ustalar ishidan va qurilishdan mamnunman. To‘g‘risi, o‘zimizda mana shunday sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilishini kutmagandim. Aslida, men chet el materiallarini ishlatishni xohlagan edim. Fazliddin usta esa O‘zbekistonda chiqarilayotgan qoplamalarning afzalligini maslahat berdi. Mana, natija kutganimdan ham a'lo. Aynan shunday zamonaviy, bejirim ko‘rinishda bo‘lishni istagan edim. Fursatdan foydalanib, kompaniya va ustalar guruhiga minnatdorchiligimni bildirib qolaman”.

Foto: DEKO’ART

 

Yana bir ma'lumot: DEKO’ART mahsulotlariga xorijdan ham talab katta bo‘lmoqda.  Kompaniya o‘zining materiallarini qo‘shni mamlakatlar, jumladan, Qozog‘iston, Tojikistonga ham eksport qiladi. 

Foto: DEKO’ART

DEKO’ART jahon standartiga javob beruvchi O‘zbekistondagi birinchi dekorativ qoplamalar ishlab chiqarishni boshlagan kompaniyadir.  Sifatli va hamyonbop narxlardagi mahsulotlarni barcha imoratlarni bezash uchun ishlatish mumkin: yirik savdo markazlari, restoranlar, dala-hovlilardan tortib, ko‘p qavatli xonadonlar, kichik obektlar, ishxona ofislarigacha.

Foto: DEKO’ART

Ustalar tavsiya etadi: O‘zingizdan asrlarga tatiguvlik bino qolishini istasangiz, faqatgina sinalgan mahsulotlardan foydalaning.

Sayt: dekoart.uz

Murojaat uchun telefon: +998-99-8552666
                                              +998-99-8632666
                                              +998-95-1982666

Manzil: Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltin topgan ko‘chasi, 43 uy

Feruza Avazova tayyorladi

Reklama huquqi asosida

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid