Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident O‘zbekistonda dizayn maktabini rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berdi
Davlat rahbari mutaxassislarni Italiya kabi dizayn sohasi taraqqiy etgan mamlakatlarga tajriba uchun yuborish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida «Indenim Textile» klasterining Termiz shahridagi to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Qayd qilinishicha, korxona 2019 yil ishga tushirilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 10 million dollardan ziyod. Yiliga 800 turdagi 9 million dona kiyim-kechak ishlab chiqarish quvvati yaratilgan. Ularning bir qismi eksportga, asosiy qismi ichki bozorga – «Indenim» do‘konlariga yetkazib berilmoqda.

Davlat rahbari korxonadagi ish jarayonini, mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.
- Yurtimizda to‘qimachilik xomashyosi bor, mahsulotlar sifati ham yaxshilanib borayapti. Faqat bizda dizayn maktabi yo‘q. Hozir dunyoda uslublar tez o‘zgarayapti. Kiyim korxonalarimiz raqobatbardosh bo‘lishi uchun dizayn maktabini rivojlantirish kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bu borada kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mutaxassislarni Italiya kabi dizayn sohasi taraqqiy etgan mamlakatlarga tajriba uchun yuborish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Shuningdek, bozorni o‘rganish va prognozlashtirish, bu borada tadbirkorlarga ko‘maklashish zarurligi ta’kidlandi.

Davlat rahbariga korxonaning istiqboldagi rejalari haqida ma’lumot berildi. Kelgusida mato to‘qish va bo‘yash, kiyim-kechak ishlab chiqarish hajmi oshiriladi. Buning uchun umumiy 55 million dollar investitsiya yo‘naltiriladi. Natijada yana 10 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.
Mavzuga oid
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
23:21 / 08.04.2026
Dunyoga mashhur brendlar O‘zbekistonda kontrafakt mahsulot bo‘yicha sud ishida yutib chiqdi
10:09 / 31.03.2026
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
08:22 / 13.03.2026