Sport | 22:40 / 17.11.2017
8158
1 daqiqa o‘qiladi

Mourino avtomobil zavodida ishladi

Foto: Jaguar

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino Solixall shahridagi Jaguar Land Rover avtomobil konserni zavodida bo‘ldi.

Portugaliyalik mutaxassis ishchi kiyimini kiyib, zavod xodimlariga avtomobil yig‘ishda ko‘maklashdi.

«Har kim o‘z ishining ustasi hisoblanadi. Siz juda yaxshi jamoa ekansiz, 110% kuch sarflab ishlamoqdasiz. Sizlar diqqat-eʼtiborni jamlab, sifatli ish borishingiz lozim. Chunki odamlar sizlardan shuni kutmoqda. Sizlar juda muhim ish bilan band ekaningizni anglashingiz shart» - dedi Mourino ishchilarga murojaat qilib.

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid