Jahon | 10:47 / 18.11.2017
10206
1 daqiqa o‘qiladi

«Hali vaqtli». NATO Ukraina va Gruziyaga rad javobini berdi

Foto: Reuters

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ma'lum qilishicha, Ukraina va Gruziya hozircha harbiy birlashmaning yangi a'zolariga aylanishga tayyor emas. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Stoltenberg bunday bayonot bilan Kanadaning Galifaksida xalqaro xavfsizlik bo‘yicha forumda so‘zlagan nutqida chiqish qildi. 

«NATO a'zosiga aylanish uchun, tashkilot standartlariga rioya etish lozim. Ukraina va Gruziya hozircha kerakli daraja isloh qilinmagan, ular mudofaa institutlarini modernizatsiya qilishlari, korrupsiyani yengishlari va demokratik institutlarni mustahkamlashlari darkor», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Shu bilan birga, Stoltenbergning qo‘shimcha qilishicha, NATO ayni damda ushbu davlatlarga yechimini kutayotgan muammolarni hal qilishda yordam bermoqda.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid