Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an NATOning uzrini qabul qilmadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Norvegiyadagi NATO mashg‘ulotlarida uning va Turkiya asoschisi Mustafo Kamol Otaturk suratlarining “nishonlar” sifatida belgilanishi uchun Norvegiya mudofaa vaziri Franke Bakke-Yensenning uzrini yetarlicha emas, deb hisoblamoqda.
“Kecha siz NATO mashg‘ulotlarida bizga nisbatan hurmatsizlikni ko‘rdingiz. Shunday xatolar borki, ularni ahmoqlar emas, yaramas odamlar qiladi”, deb aytdi Erdo‘g‘an. U bunday mavzuni “oddiygina uzr so‘rash bilan yopib bo‘lmasligini” qo‘shimcha qilgan.
17 noyabrda Erdo‘g‘an NATOning Norvegiyadagi “Uch tishli nayza-2017” (Trident Javelin 2017) deb nomlangan mashg‘ulotlarida uning va Otaturkning rasmlari shartli raqibni belgilash uchun qo‘llanganini ma'lum qilgan. Shu tufayli mashg‘ulotlardan 40 nafar turk harbiysi ortga chaqirtirib olingan. Sabah turk nashrining ma'lum qilishicha, shuningdek, kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan norvegiyalik mutaxassis NATOning yopiq axborot tarmog‘ida Erdo‘g‘an nomidan NATO nomiga haqoratomuz xabarlar joylashtirgan.
Norvegiya mudofaa vaziri NATO a'zosi hisoblanuvchi Turkiyadan 17 noyabrning o‘zidayoq uzr so‘ragan va bundan afsuslanish bildirgan. Shuningdek, ushbu hodisa uchun NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ham o‘z uzrini keltirgan.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
08:59 / 28.05.2026