Jahon | 23:05 / 19.11.2017
4347
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Saudiya Arabistonini Yaqin Sharqdagi vaziyatni izdan chiqarishda aybladi

Foto: REUTERS / Ruben Sprich

Eron, Rossiya va Turkiya Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tartibini mustahkamlayotgan bir paytda, Saudiya Arabistoni Yaqin Sharqning bir qator davlatlaridagi vaziyatni izdan chiqarmoqda. Bu haqda 19 noyabrda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif aytib o‘tdi.

“Turkiyalik va rossiyalik hamkasblarimiz bilan birga biz Suriyada erishgan o‘t ochish tartibini mustahkamlash ustida ishlamoqdamiz va suriyaliklar bilan muloqotga tayyorlanmoqdamiz. Saudiya Arabistoni Eronni mintaqani beqarorlashtirishda ayblab turib, o‘zi terrorchilarni ta'minlamoqda, Yamanda urush olib bormoqda, Qatarni qamalda ushlab turibdi va Livanda inqirozni avj oldirayotgani taajjublidir”, deb yozgan Zarif tvitterda.

Rossiya, Eron va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov, Muhammad Javod Zarif va Mavlut Chovusho‘g‘lu Sochidagi sammit oldidan 19 noyabrda Antalyada Suriya inqirozini tartibga solishni muhokama qilgani uchrashdilar.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid