Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi Erdo‘g‘andan yana bir bor uzr so‘radi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg 18 noyabrda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘andan Norvegiyadagi harbiy mashg‘ulotlar vaqtida Turkiya asoschisi Mustafo Kamol Otaturk va Erdo‘g‘anning suratlari nishon sifatida qo‘llangani uchun uzr so‘radi. Bu haqda Erdo‘g‘an ma'muriyatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda NTV telekanali xabar berdi.
Avvalroq Stoltenberg va Norvegiya mudofaa vaziri Franke Bakke-Yensen ushbu holat uchun Erdo‘g‘andan uzr so‘rashgandi, biroq Turkiya prezidenti “ushbu vaziyatni bir uzrlar bilan yopib bo‘lmasligini” aytgan.
Ma'lum qilinishicha, Stoltenberg Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqotda NATO bo‘lib o‘tgan voqeani tergov qilishni boshlaganini ma'lum qilgan va bunday holatlar boshqa qaytarilmasligi uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilishiga va'da bergandi. Stoltenberg, shuningdek, Turkiya NATOning muhim ittifoqdoshlaridan hisoblanishini ta'kidlab o‘tgan va ushbu mojaro munosabatlarning yomonlashishiga olib kelmasligiga umid bildirgan.
17 noyabrda Erdo‘g‘an NATOning Norvegiyadagi “Uch tishli nayza-2017” (Trident Javelin 2017) nomli mashg‘ulotlarida uning va Otaturkning rasmlari shartli raqibni belgilash uchun qo‘llanganini ma'lum qilgandi. Shu tufayli mashg‘ulotlardan 40 nafar turk harbiysi ortga chaqirtirib olingan.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026