Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR AQSh bilan urush chiqsa, g‘alaba qozonishiga shubha qilmaydi
KXDR hukumati AQSh bilan harbiy to‘qnashuv kelib chiqsa, o‘z g‘alabasiga shubha qilmaydi. Bu haqda The Nation nashri KXDRning Tailanddagi elchisi Mun Son Moning bayonotiga asoslanib xabar tarqatdi.
«Hozir bizda vodorod bombasi bor. Agar urush boshlansa, biz qattiq kurashamiz va bunday urushda Qo‘shma shtatlar ustidan g‘alaba qozonishimizga shubha qilmaymiz», degan elchi.
Shimoliy koreyalik diplomat «KXDR urush istamasligi» haqida ma'lum qilgan. Shu bilan birga uning fikricha, hozirgi vaziyatda KXDR va AQSh o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish uchun imkoniyat yo‘qligini bildirgan.
«U hamisha (Donald Tramp - tahr), hatto BMTdagi chiqishi vaqtida KXDRni yakson etish bilan tahdid qilib turarkan, qanday muzokaralar haqida gap bo‘lishi mumkin? U bu gaplari bilan Shimoliy Koreyadagi 25 million kishini o‘ldirmoqchiligini bildirmoqda», degan elchi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
15:55 / 13.02.2026