KXDR hukumati AQŞ bilan harbiy töqnaşuv kelib çiqsa, öz ğalabasiga şubha qilmaydi. Bu haqda The Nation naşri KXDRning Tailanddagi elçisi Mun Son Moning bayonotiga asoslanib xabar tarqatdi.

«Hozir bizda vodorod bombasi bor. Agar uruş boşlansa, biz qattiq kuraşamiz va bunday uruşda Qöşma ştatlar ustidan ğalaba qozonişimizga şubha qilmaymiz», degan elçi.

Şimoliy koreyalik diplomat «KXDR uruş istamasligi» haqida ma'lum qilgan. Şu bilan birga uning fikriça, hozirgi vaziyatda KXDR va AQŞ örtasida muzokaralar ötkaziş uçun imkoniyat yöqligini bildirgan.

«U hamişa (Donald Tramp - tahr), hatto BMTdagi çiqişi vaqtida KXDRni yakson etiş bilan tahdid qilib turarkan, qanday muzokaralar haqida gap bölişi mumkin? U bu gaplari bilan Şimoliy Koreyadagi 25 million kişini öldirmoqçiligini bildirmoqda», degan elçi.