Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shengen hududiga kirishda nazorat kuchaytiriladi
Yevropa Ittifoqi kengashi Shengen hududining tashqi chegaralarida nazoratni kuchaytirishga qaror qildi. Yangi qoidalar Shengen hududiga kiruvchi yoki uni tark etuvchi, Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari hisoblanmaydiganlar haqidagi ma'lumotning maxsus bazaga kiritilishini ko‘zda tutadi. Bu bazaga faqatgina huquq-tartibot idoralari va Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari chegara organlari kira oladi.
Bu bazaga shengen vizasini berish yoki chegarani kesib o‘tish rad etilgan shaxslar haqidagi ma'lumotlar ham kiritiladi.
Bundan tashqari, kelgusida Shengen hududiga vizasiz kirish ruxsat berilgan davlatlar fuqarolari kirish oldidan avtorizatsiya uchun zarur bo‘lgan onlayn-anketani oldindan to‘ldirishlari kerak bo‘ladi.
Yevropa Ittifoqi kengashi xabarida yangi “Kirish-chiqish” tizimi chegaradan o‘tishda tekshiruvlar muddatini qisqartirishga va Shengen hududida ruxsat berilgandan ko‘proq bo‘lgan shaxslarni aniqlashga yordam beradi. Huquq-tartibot idoralarida fuqarolarning harakatlanishi haqidagi ma'lumotlar bo‘lishi terrorchilikka qarshi kurashni faollashtirishga va Yevropadagi xavfsizlikni mustahkamlashga imkon beradi.
“Tashqi chegaralardagi qat'iy nazorat Shengen hududining samarali ishlashi uchun muhim. “Kirish-chiqish” tizimi tashqi chegaralardagi nazoratni yaxshilashga yordam beradi”, deb aytgan Estoniya ichki ishlar vaziri Andres Anvelt.
Yangi tizim 2020 yildan ishlay boshlashi mumkin.
Mavzuga oid
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
08:48 / 03.06.2026
YeI ukrainalik erkaklar uchun vaqtinchalik himoya maqomini cheklashi mumkin
17:49 / 02.06.2026