Jahon | 18:42 / 21.11.2017
5154
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi masjidda uyushtirilgan portlash oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning shimolida xudkush tomondan amalga oshirilgan portlash oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin, chunki og‘ir yaralanganlar juda ko‘p.

Hujum Mubi shahridagi (Adamava shtati) masjidda bomdod namozi vaqtida amal oshirilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hujumni 17 yoshli ekstremist sodir etgan.  

Taxminlarga ko‘ra, portlash ortida “Boko Harom” terrorchilik guruhi turibdi.

2014 yildan 2015 yilgacha Mubi jangarilar nazorati ostida bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid