Jahon | 12:50 / 21.11.2017
35990
2 daqiqa o‘qiladi

«Yugurdaklari Yevropada o‘tiribdi» - Ramzon Qodirov bayonot berdi

Foto: vk.com/ramzan.

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirovning ma'lum qilishicha, respublikada terrorizm butunlay tor-mor etildi, uning uchun ijtimoiy bazaning o‘zi yo‘q. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Checheniston rasmiylari va huquqni muhofaza qilish organlari teraktga urinishning barcha harakatlarini oldini olishi mumkin. Qodirovning ma'lum qilishicha, Checheniston – jahondagi terrorizmdan xoli yagona mintaqadir.

«Chechenistonda hech qanday yashirin terroristik harakatlar yo‘q! Biroq yoshlarni yollashga urinishlar davom etmoqda. Buning ortida g‘arb maxsus xizmatlari turibdi, ularning yugurdaklari Yevropada o‘tirib, tun-u kun ijtimoiy tarmoqlarda qo‘poruvchilik ishini olib bormoqda. Biroq, Chechenistonda terrorchilar uchun ijtimoiy bazaning o‘zi yo‘q», - deya ma'lum qildi Qodirov.

Shu bilan birga, uning aniqlik kiritishicha, eng katta xavf bir o‘zi harakat qiluvchi terrorchilardan keladi.

«Albatta, yer sharining istalgan nuqtasida eng katta xavf bir o‘zi harakat qiladigan terrorchilardan keladi. Biroq ularni turli belgilar orqali fosh qilish ham nisbatan yengilroq. Men xalqaro tashkilotlarning Checheniston terrorizm butunlay tor-mor etilgan dunyodagi yagona mintaqa ekani haqidagi xulosalarini tasdiqlayman», - deya aytib o‘tdi Qodirov.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid