O‘zbekiston | 17:00 / 21.11.2017
10333
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi energetika sohasida hamkorlik qiladi

Foto: O‘zbekenergo

Koreya Respublikasiga tashrif davomida “O‘zbekenergo”AJ vakillari “KeRSO” Koreya davlat energetika kompaniyasi bilan muzokaralar olib bordi.

Muzokaralar doirasida koreyalik hamkorlar bilan O‘zbekiston energetika sektoridagi hamkorlikni yanada kengaytirish, dispetcherlik xizmati va ma'lumotlarni to‘plashga mo‘ljallangan SCADA tizimini va EMS boshqaruv tizimini joriy qilish hamda energobloklardagi mavjud axborot texnologiyalar tizimini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra 21 noyabr kuni “O‘zbekenergo”AJ  Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shuhrat Sheraliyev va  “KeRSO” Koreya davlat energetika kompaniyasi vitse-prezidenti Hyang-reol Lyular tomonidan  o‘zaro hamkorlik shartnomasi yuzasidan Kelishuvga erishildi. 

Ushbu hamkorlik kelishuvi doirasida o‘zaro tajriba va mutaxassislar almashish, shuningdek, Xalqaro moliya institutlari hisoblangan Osiyo Taraqqiyot banki, Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banklari yordamida yuqorida qayd etilgan loyihalarning moliyalashtirish masalalari o‘rganiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid