Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mugabe iste'foga chiqdi
Foto: AFP
Zimbabvening ko‘p yillik prezidenti Robert Mugabe mamlakat parlamenti uning impichment qilinishiga qaror qilgandan keyin iste'foga chiqdi. Bu haqda mamlakat parlamenti spikeri Jyeykob Mudenda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Herald nashri.
Shu tariqa, Mugabe parlament unga o‘z vakolatlarini topshirish uchun bergan 24 soatlik muhlat tugashini kutib o‘tirmadi.
Spiker parlamentdagi yig‘ilishni to‘xtatib, Mugabening iste'foga ketishi haqidagi maktubini o‘qib eshittirgan. Mudenda yangi prezidentning nomi 22 noyabrdayoq e'lon qilinishini taklif qilgan.
Mamlakatning yetakchi partiyasi ZANU-PF Mugabe iste'foga ketishni istamagandan keyin uning impichmenti jarayonini boshlagandi.
Mugabe 1980 yil aprelida Zimbabvega bosh vazir bo‘lgan. 1987 yilning 31 dekabrida esa prezident etib saylangan. U bu lavozimga bir necha marta qayta saylangan. U 2013 yilda o‘tgan oxirgi prezidentlik saylovlarida 61 foiz ovoz to‘play olgandi.
Mavzuga oid
17:00 / 06.10.2025
Fransiyada siyosiy inqiroz: yangi hukumat 14 soatda iste’foga chiqdi
23:42 / 04.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar ta’mirlagan maktabning direktori ishdan bo‘shatildi
19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
19:15 / 14.07.2025