O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining buyrug‘iga asosan prokuratura tizimida 3 ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining buyruqlariga asosan:
Ulug‘bek Jalilovich Sunnatov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga;
Islomjon Jasurovich Ergashxodjayev Jizzax viloyati prokurori lavozimiga;
Rashid Nasrulloyevich Rahmatov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti bosh prokurorga ikki yangi o‘rinbosar tayinlagani xabar berilgandi.