Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning IT-gigantlari sun'iy ongni rivojlantirish uchun birlashmoqdalar
Foto: EAST NEWS
Xitoyning fan va texnologiyalar vazirligi sun'iy ongni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi guruhga kiruvchi kompaniyalar sanab o‘tilgan rasmiy bayonotni chop etdi. South China Morning Post nashrining xabar qilishicha, bu guruhga Baidu, Alibaba Group va Tencent Holdings (BAT kabi ma'lum bo‘lgan) hamda ovozli texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi iFlyTek kirgan.
Hukumat rejasiga ko‘ra, kompaniyalar 4 ta turli sohada innovatsion platformalarini yaratish uchun o‘zlarining kuchli tomonlarini namoyon qiladilar. Baidu haydovchisiz mashinalar yaratishga o‘z e'tiborini qaratishi kerak. Alibaba’ga aqlli uylar uchun yechimlar yaratish loyihasi topshiriladi. Tencent o‘z zimmasiga tibbiyotga kompyuter yondashuvini oladi, iFlyTek esa ovozli texnologiyalarni rivojlantirishni davom ettiradi.
Baidu va iFlyTek vakillari vazirlikning xabarini tasdiqlaganlar, biroq Tencent va Alibaba hech qanday izoh bermagan.
Mutaxassislar bu loyihaga turlicha fikr bildirdilar. Bir tomondan, hukumatning qo‘llab-quvvatlashi kompaniyalarga yordam berishi mumkin. Biroq yaratiladigan yechimlar kichikroq kompaniyalarga muammolar yaratib, bozorga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Vazirlik ro‘yxatiga kiritilgan kompaniyalar texnologiyalarni rivojlantirishga katta miqdorda investitsiyalar qilishganini ma'lum qilishgan. Jumladan, Alibaba 3 yil davomida sun'iy ongni rivojlantirish sohasiga 15 mlrd. dollar investitsiya qilishini e'lon qilgan. Baidu keyingi yil oxirigacha Xitoy ko‘chalariga haydovchisiz mashinalarni olib chiqish ustida faol ish olib bormoqda. Tencent esa o‘z navbatida Xitoy va AQShda sun'iy ongni rivojlantirish tadqiqot markazlarini yaratmoqda.
Mavzuga oid
21:06 / 26.01.2026
Yaponlar pandalar bilan xayrlashmoqda – o‘zaro munosabatlar yomonlashgani tufayli Xitoy ularni qaytarib olmoqda
20:06 / 26.01.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi nazorat o‘yinida Xitoy bilan durangga erishdi
09:35 / 26.01.2026
Xitoyda nufuzli generallarga qarshi tergov boshlandi
08:42 / 26.01.2026