Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligida dori-darmonlar ishlab chiqariladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida O‘zbekistonda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tizimida O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorligi ko‘rinishida yuqori natijali dori-darmonlarni ishlab chiqarishga kelishildi. Shartnomalar doirasida O‘zbekistonga bu yo‘nalishda 25 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya qilinadi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, «Dalim BioTech», «Yuhan Corporation» va «Erae» kabi yirik kompaniyalar bilan bitimlar tuzilgan. Tomonlar investitsion loyihalarning tezkor amalga oshirilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan 7 ta yangi, erkin farmatsevtik zonalarga alohida e'tibor qaratildi. Koreya Respublikasi kompaniyalari O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni e'tirof etib, O‘zbekiston bilan hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirish va investitsiya mablag‘larini ko‘paytirish borasida aniq xulosaga kelganliklarini aytib o‘tishdi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026