Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Hyundai avtomobillari ishlab chiqariladi
O‘zbekistonda Hyundai avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida bu haqdagi tegishli anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda tashrifni yoritish bo‘yicha matbuot markazi.
Seulda tegishli hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi raisi Azim Ahmadxo‘jayev va Evergreen Motors kompaniyasi bosh ijrochi direktori Edvard Kim imzoladi.
Loyiha 200 mln. dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
20:47 / 03.05.2026
Prezident Janubiy Koreya bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
09:15 / 02.02.2026
Hyundai Rossiyadagi zavodni qayta sotib olish huquqidan foydalanmadi
14:31 / 12.09.2025
Hyundai’ning Amerikadagi zavodi ochilishi reydni deb 2 oyga kechikadigan bo‘ldi
17:22 / 06.09.2025