Sport | 20:11 / 22.11.2017
12763
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik bokschilar Rossiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi hisoblangan olti nafar sportchi Rossiyadagi xalqaro turnirga jo‘nab ketdi.

Jamoa Rossiyaning Beloyarsk shahrida 22 noyabrdan 27 noyabrga qadar davom etadigan turnirda qatnashadi. 

O‘zbekiston boks federatsiyasi ma'lumotiga terma jamoa sharafini musobaqada Hasanboy Do‘stmatov, Jasur Latipov, Iqbol Xoldorov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo‘ziyev hamda Sanjar Tursunov himoya qiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid