Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yirik YTH, O‘zbekistonning 2 fuqarosi jonlantirish bo‘limiga olib ketildi
Rossiyaning Chuvashiya Respublikasida juma kuni sodir bo‘lgan mikroavtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi yirik YTHda O‘zbekistonning ikki fuqarosi jabrlandi. Hodisa oqibatida besh kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Rossiya IIVning Chuvashiya bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmatidan ma'lum qilishdi.
YTH oqibatida Tula viloyatining Sovetsk shahrida yashagan, mikroavtobusni boshqargan 43 yoshli shaxs hamda uning to‘rt nafar yo‘lovchisi, Qozonda istiqomat qilganlar: 37, 41, 65 yoshdagi erkaklar va 28 yoshli ayol hayotdan ko‘z yumgan. O‘zbekistonning 1991 yilda tug‘ilgan ikki fuqarosi Novocheboksarsk shahar shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga og‘ir ahvolda olib ketildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, YTHga mikroavtobusning yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hodisa kuchli qor yog‘ayotganida yuz bergan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48 / 13.06.2026
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026