Shavkat Mirziyoyev Misr prezidentiga ta'ziya izhor etdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr yetakchisi Abdul-Fattoh As-Sisiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
«O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misrning Sinay yarim orolida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab tinch aholi, xavfsizlik xodimlari qurbon bo‘lganligi munosabati bilan ushbu mamlakat prezidenti Abdul-Fattoh As-Sisiga hamdardlik bildirdi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona Misr hukumati bilan zamonaviy dunyodagi tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishga tayyor ekanini ma'lum qilgandi. Shuningdek, u Sinay shimolida yuz bergan terakt tufayli ta'ziya izhor etdi.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024