Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona Misr hukumati bilan zamonaviy dunyodagi tahdidlarga qarşi birgalikda kuraşişga tayyor ekanini ma'lum qildi, şuningdek, Sinay şimolida yuz bergan terakt tufayli ta'ziya izhor etdi.

«Qozoğiston Misr bilan hozirgi vaqtdagi tahdidlar bilan kuraşiş böyiça hamkorlikka har doim tayyor. Bu mamlakatlarimiz tinçligi va xavfsizligini ta'minlaş uçun kerak», - deyiladi Nazarboyevning Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiyga yöllagan maktubida.

Eslatib ötamiz, portlaş Sinay şimolidagi Al-Ariş şahridan unça uzoq bölmagan yerda joylaşgan masjidda röy berdi. Jangarilar juma namozi vaqtida portlovçi qurilmani harakatga keltirişgan, söng masjiddan yugurib çiqayotgan odamlarni öqqa tutişgan.

Sönggi ma'lumotlarga qaraganda, hodisa oqibatida 235 kişi halok böldi.