Jahon | 07:39 / 26.11.2017
10469
1 daqiqa o‘qiladi

Eron tahdidlarga javoban o‘z raketalari uchish uzoqligini oshirishga va'da berdi

Foto: Raheb Homavandi/Reuters

Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi boshlig‘i o‘rinbosari Husayn Salomiy agar Yevropa Eronga tahdid qilsa, Eron bunga javoban raketalari uchish uzoqligini oshirishini aytdi. Bu haqda FARS axborot agentligiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

“Hanuzgacha Yevropa biz uchun tahdid emas, deb hisoblardik, shu sababli raketalarimiz uchish uzoqligini oshirmasdik. Biroq Yevropa tahdidga aylanmoqchi bo‘lsa, biz raketalarimiz uchish uzoqligini oshiramiz”, deb aytgan Salomiy.

Uning aytishicha, Eron hozirda 2 ming km gacha ucha oladigan raketalari uchish uzoqligini texnologiyalar yo‘qligi uchun emas, balki ba'zi strategiyalardan kelib chiqib oshirmay keladi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritmasligini aytgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid