Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya. "Yuventus" yirik g‘alabaga erishib, peshqadamlarni quvishda davom etmoqda
Italiya chempionatining 14-tur o‘yinlari davom etmoqda.
Peshqadamlarni quvishda davom etayotgan "Yuventus" o‘z maydonida "Krotone"ni qabul qilib, 3:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.
O‘yinning 52-daqiqasida Manjukich hisobni ochib bergan bo‘lsa, 60-daqiqada De Shilo hamda 71-daqiqada Benatiya gol urib, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shishdi.
"Milan" esa o‘z uyida "Torino"ni qabul qildi. Uchrashuvda golsiz durang bilan yakunlandi.
"Roma" esa safarda "Jyenoa"ga qarshi maydonga tushdi. Mehmonlar tarkibida El-Shaaravi kiritgan golga, maydon egalari 70-daqiqada Lapadulaning penaltidan kiritgan goli orqali javob berishdi 1-1.
"Latsio" ham o‘z maydonida "Fiorentina" bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. Mezbonlar tarkibida 25-daqiqada de Vrey hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yinning so‘nggi daqiqalari El-Babakar yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Yuventus – Krotone 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 52 Manjukich, 2:0 – 60 De Shilo, 3:0 – 71 Benatiya.
Yuventus – Buffon, Benatiya, Xevedes (Pyanich, 68), Aleks Sandro, Bardzali, Matyuidi, Markizio (Sturaro, 77), Duglas Kosta, Lixtshtayner (De Shilo, 57), Manjukich, Dibala.
Krotone – Kordats, Ayyeti, Pavlovich, Sampirizi, Chekkerini, Mandragora, Barberis (Romero, 79), Nalini (Faraoni, 85), Roden, Tonev (Trotta, 75), Budimir.
Ogohlantirishlar: Budimir (32), Benatiya (45), Matyuidi (50), Roden (85).
Milan – Torino 0:0 (0:0, 0:0)
Milan – Donnarumma, Sapata, Bonuchchi, Romanoli, Rodriges, Kessie, Montolivo, Bonaventura (Chalxanoglu, 71), Suso, Kalinich (Kutrone, 77), Andre Silva.
Torino – Sirigu, de Silvestri, Nkulu, Burdisso, Ansaldi, Bazelli (Akkua, 87), Rinkon, Obi, Nyang (Boyye, 77), Belotti, Lyayich (Yago Falke, 69).
Ogohlantirishlar: Burdisso (42), Rinkon (62).
Jyenoa – Roma 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 59 El-Shaaravi, 1:1 – 70, penalti Lapadula.
Jyenoa – Perin, Itstso, Spolli, Zukanovich, Rozi, Rigoni, Velozu (Kofi, 90), Bertolachchi, Laksalt, Pandev (Lapadula, 63), Taarabt (Omeonga, 86).
Roma – Alisson, Florentsi, Fasio, Jyezus, Kolarov, Nainggolan (Shik, 87), de Rossi, Strotman, El-Shaaravi (Gonalon, 78), Djyeko, Perotti (Defrel, 58).
Ogohlantirishlar: Fasio (44), Nainggolan (47), Jyezus (71), Taarabt (74).
Chetlatish: de Rossi (69).
Udineze – Napoli 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 33 Jorjino.
Udineze – Skuffet, Andjyella (Bayich, 83), Larangeyra, Samir, Vidmer, Barak, Fofana (Yankto, 74), Balich, Adnan, de Paul, Peritsa (Lazanya, 60).
Napoli – Reyna, Madjo, Kirikesh, Kulibali, Xyusay, Allan, Jorjino (Diavara, 71), Gamshik (Rog, 83), Kalexon, Mertens, Insine (Zelinski, 78).
Ogohlantirishlar: Larangeyra (21), Jorjino (27), Peritsa (45), Adnan (65), de Paul (71), Vidmer (89).
Latsio – Fiorentina 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 25 de Vrey, 1:1 – 90, penalti El-Babakar.
Latsio – Strakosha, Bashtush, de Vrey, Radu, Marushich (Basta, 77), Parolo, Leyva, Milinkovich-Savich, Lulich (Lukaku, 62), Luis Alberto (Kaysedo, 88), Immobile.
Fiorentina – Sportello, Lorini (Vitor Ugo, 65), Petstselya, Astori, Biragi, Benassi (Saponara, 77), Badel, Veretu, Keza, Simeone, Tereo (El-Babakar, 60).
Ogohlantirishlar: Astori (11), Lorini (49), Radu (87), Milinkovich-Savich (90).
Mavzuga oid
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
23:45 / 06.10.2025
«Barselona» va «Milan»ga chempionat o‘yinlarini xorijda o‘tkazishga ruxsat berildi
11:12 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
12:15 / 02.07.2025