Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina YeIdan 1,8 mlrd yevro olmoqchi
Foto: RBK
Ukraina 2018-2019 yillarda Yevropa ittifoqidan 1,8 mlrd yevro miqdorida yordamni jalb etish niyatida. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Aleksandr Danilyuk dushanba kuni ma'lum qildi.
"Yangi dastur Ukrainaga taxminan 1,8 mlrd yevro miqdorida moliyalashtirish ajratishni nazarda tutadi", - deya aytib o‘tgan vazir "Ukrainskiye novosti" axborot agentligiga. Moliya vazirligi rahbarining xabar berishicha, moliyaviy hamkorlikning batafsil shartlari yaqin vaqt ichida muhokama qilinadi.
"Moliya vazirligi bu masala bo‘yicha ishni ushbu haftada boshlaydi. Har ikki tomon ham yangi dasturning birinchi transhini olishni tezlashtirish harakatida, shuning uchun uning batafsil rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘plab ishlar turibdi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Danilyuk. Amaldorning xabar berishicha, moliyalashtirish eng dolzarb islohotlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi lozim.
Mavzuga oid
08:50
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
09:48 / 14.04.2026
Madyar: Vengriya Ukraina uchun 90 mlrd yevroni bloklamaydi
09:01 / 14.04.2026
Rossiyadagi eng yirik fosforli o‘g‘it zavodi yana dronlar hujumiga uchradi
09:48 / 13.04.2026