«Zimbabvega qarshi sanksiyalarni bekor qilish vaqti keldi»
Jahon hamjamiyati Zimbabveda hokimiyat o‘zgarganiga bu mamlakatga qarshi sanksiyalarni bekor qilish bilan reaksiya bildirishi kerak. Bu haqda BMTning demokratik va adolatli xalqaro tartibni ma'qullash masalasi bo‘yicha mustaqil eksperti Alfred Moris de Zayas va bir tomonlama majburiy choralarning salbiy ta'siri masalasi bo‘yicha inson huquqlariga oid maxsus ma'ruzachi Idris Jazoiriyning qo‘shma bayonotida aytiladi.
Ular Zimbabveda hokimiyatning o‘zgarishi qon to‘kilishisiz kechganini alohida ta'kidlashgan. "Robert Mugabening iste'foga chiqishi yangi davr boshlanganidan darak beradi, u demokratiya va qonun ustuvorligiga asoslangan bo‘lishi lozim", - deyiladi bayonotda. "Biroq bu iqtisodiy majburlash ta'siri ostida ro‘y bermaydi", - deya ta'kidlaydi BMT ekspertlari. Ular "sanksiyalar siyosiy o‘zgarishlarga emas, balki oddiy insonlarning aziyat chekishiga olib kelganini" eslatishgan.
"Ayni damda siyosiy muloqot va iqtisodiyotni tiklash vaqti keldi", - deydi de Zayas va Jazoiriy. "Biz xalqaro hamjamiyatni Zimbabve bilan iqtisodiyot hamda moliyaviy tizimni tiklash ustida ishlashga chaqiramiz", - deya ta'kidlanadi hujjatda.
Mavzuga oid
20:17
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
10:05
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
00:19 / 06.11.2024
Zimbabve politsiyasiga xizmat vaqtida mobil telefondan foydalanish taqiqlandi
12:03 / 31.10.2024