Jahon | 15:00 / 28.11.2017
15096
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada shahar merini shaurma uchun navbatda turganida pichoqlashdi

Germaniyaning Altena shahri burgomistri Andreas Holshtaynga hujum qilishdi. Mahalliy "Velt" nashrining yozishicha, shahar rahbari shaurma olish uchun navbatda turganida uning oldiga mast kishi kelib, chindan ham shahari meri ekanligi yoki yo‘qligi haqida so‘ragan.

Holshtayn Altena rahbari ekanini aytgach, notanish kishi unga pichoq bilan tashlangan. Bu hodisadan keyin Holshtayn zudlik bilan kasalxonaga olib borilgan.

Hozirda uning hayotiga hech narsa xavf solmayotgani aytilmoqda. Hujumni 57 yoshli Germaniya fuqarosi amalga oshirgan. Uni qo‘lga olishayotganida siyosatchining sha'niga yomon so‘zlarni ishlatgan. Politsiya bu hujum sodir bo‘lishiga Holshtaynning siyosiy qarashlari sabab deb o‘ylamoqda.

Ko‘pchilik mahalliy aholi vakillariga uning muhojirlarga bo‘lgan iliq munosabati va ularni bajonidil o‘z shahriga qabul qilishi yoqmaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid