Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yuqori lavozimli harbiy qo‘mondon o‘z joniga qasd qildi
Xitoy Markaziy harbiy kengashi a'zosi va XXR armiyasi bosh siyosiy boshqarmasi sobiq rahbari general-polkovnik Chjan Yan o‘z joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda South China Morning Post gazetasi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning avgustida yuqori lavozimli general-polkovnikka nisbatan korrupsiya harakatlari bo‘yicha tekshiruv boshlangan. Uning aniqlashicha, Chjan Yan Markaziy harbiy kengash raisining ikki sobiq o‘rinbosari – Go Bosyun va Syuy Tsayxouning korrupsiya sxemalariga aloqador bo‘lgan. Ular pullar evaziga zobitlarni lavozimlarga ilgari surishda ayblangan. Birinchisi umrbod ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lsa, ikkinchisi tergov jarayoni vaqtida hayotdan ko‘z yumdi.
Chjan Yan esa 23 noyabr kuni o‘z uyida joniga qasd qilgan. U 66 yoshda bo‘lgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
08:31 / 01.06.2026
BMT bankrotlik xavfiga duch kelmoqda - WSJ
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
20:26 / 29.05.2026