Xitoy Markaziy harbiy kengaşi a'zosi va XXR armiyasi boş siyosiy boşqarmasi sobiq rahbari general-polkovnik Çjan Yan öz joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda South China Morning Post gazetasi.

Xabarda aytilişiça, joriy yilning avgustida yuqori lavozimli general-polkovnikka nisbatan korrupsiya harakatlari böyiça tekşiruv boşlangan. Uning aniqlaşiça, Çjan Yan Markaziy harbiy kengaş raisining ikki sobiq örinbosari – Go Bosyun va Syuy Tsayxouning korrupsiya sxemalariga aloqador bölgan. Ular pullar evaziga zobitlarni lavozimlarga ilgari surişda ayblangan. Birinçisi umrbod ozodlikdan mahrum etilgan bölsa, ikkinçisi tergov jarayoni vaqtida hayotdan köz yumdi.

Çjan Yan esa 23 noyabr kuni öz uyida joniga qasd qilgan. U 66 yoşda bölgani aytilmoqda.