Reportaj: Toshkentda o‘zbek madaniy merosiga bag‘ishlangan Xalqaro media-forum

Foto: KUN.UZ
2017 yilning 28-29 noyabr kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekiston madaniy merosi” multimedia loyihasi doirasida “Zamonlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi – ma'rifatli kelajak poydevori” mavzuidagi Xalqaro media-forum o‘tkazilmoqda.
Tadbirga dunyo ilm-fanining yetuk namoyondalari, muzey, kutubxona, ilmiy institut va xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda mahalliy olim va ekspertlar tashrif buyurgan. Tadbirda ishtirok etayotgan Kun.uz muxbirining qayd etishicha, forumda “O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi doirasida chop etilgan navbatdagi beshta kitob-albomning taqdimoti hamda 49 ta davlatning 136 ta muzey va kutubxonalariga ularni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Badarsh Dendev, UNESCO’ning O‘zbekistondagi vakili:
“O‘ylashimcha, bugungi O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosini saqlab qolish va uni dunyo miqyosida keng targ‘ib etishga yo‘naltirilgan media-forum nafaqat olimlar, xalqaro tashkilotlar uchun, balki yosh avlod uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi”.
Gyunter Overfeld, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi:
“Tadbir juda ajoyib va mazmunli o‘tmoqda. Bugun ikki holatga guvoh bo‘ldim: Birinchisi, O‘zbekiston madaniy tarixini saqlab qolgan holda buni kelgusi avlodga yetkazishdagi sa'y-harakatlar, ikkinchisi esa, mana harakatlarni hamjihatlikda olib borib, buni jahonga yetkazishda dunyo tomonidan O‘zbekistonning boy madaniy merosiga bo‘lgan katta qiziqishidir”.
Myusha Sever, O‘zbekistondagi "Mintaqaviy muloqot" (Regional Dialogue) NNT rahbari:
“Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonning qadimiy qo‘lyozmalari taqdimoti juda muhtasham, qiziqarli tadbirga aylandi. O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazini ochganidan, ochig‘i juda ham xursand bo‘ldim. Men bu borada O‘zbekistonning noyob salohiyati borligiga doim ishonganman. O‘zbekiston nafaqat biz odatda, kuzatib borayotgan yo‘nalishlar – huquq, jamoatchilik bilan aloqlar, ijtimoiy, iqtisodiy sohani rivojlantirishga, balki buyuk allomalarning nodir durdonalari, tarixiy yodgorliklarni ham asrab-avaylagan holda yoshlarga, jahonga namoyish etishga intilayotgani tahsinga sazovor. Bu yerda olimlar, tadqiqotchilar, yoshi ulug‘, tajribali insonlarning ishtirok etishi ham muhim rol o‘ynaydi”.
Xalqaro media-forum doirasida 2018 yilda chop etilishi rejalashtirilayotgan kitob-albomlar va filmlar muhokamasini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.
Ushbu kitoblar Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya, Turkiya, O‘zbekiston va Yaponiya to‘plamlarida saqlanayotgan O‘zbekistonning osori-atiqalariga bag‘ishlanadi.
Shuningdek, tadbirda Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya Fanlar akademiyasining Rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi)fondida saqlanayotgan kamyob audioyozuvlarini eshitish mumkin bo‘ladi. Ular o‘tgan asrning 20-yillarida rossiyalik tadqiqotchilar tomonidan Edison fonografida yozib olingan. Ushbu to‘plam mana yuz yildirki Rossiyada saqlanmoqda. Hozirda deyarli barcha audioyozuvlar raqamli formatga ko‘chirilgan. Kechada ushbu to‘plamning video namunasi namoyish etiladi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
O‘zbekiston | 19:08 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 14:35 / 12.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nukusda propan gaz tashuvchi yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Jamiyat | 19:40
-
«Har bir tizimda bunaqalar bor» – IIV mas’uli nopok xodimlar haqida
O‘zbekiston | 19:36
-
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19
-
HAMAS garovdagi isroillikni ozod etishga va to‘rt kishining jasadini qaytarishga rozi bo‘ldi
Jahon | 19:11
Mavzuga oid

08:46 / 10.03.2025
Toshkentda madaniy meros obekti yonida noqonuniy qurilish to‘xtatildi

19:23 / 23.12.2024
TDYuU joylashgan tarixiy bino eshiklarini beruxsat almashtirgan xodim jarimaga tortildi

13:48 / 05.12.2024
Rubob yasash butunjahon madaniy merosi deb e’tirof etildi

15:29 / 03.12.2024