Jahon | 16:40 / 28.11.2017
8971
1 daqiqa o‘qiladi

UXX: rus maxsus xizmatlari Ukrainadagi saylovlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Foto: Twitter/Unian

Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Viktor Kononenkoning ma'lum qilishicha, rus maxsus xizmatlari Ukrainada 2019 yilda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik bo‘yicha ishlar olib borishmoqda. Bu haqda «112 Ukraina» xabar qilgan.

«Bugungi kundagi asosiy tahdid – bu vaziyatni ichkaridan beqarorlashtirish. Biz ko‘rayotgan narsa, rossiyalik maxsus xizmatlarning asosiy yo‘nalishlari hozir mamlakat ichida ketmoqda. Hech kim tez va shiddatli urushga ishonmayapti, bizning barcha raqiblarimiz hokimiyatni ichkarida sotib olish, kelishuvlar, boshqa narsalar yo‘li bilan o‘zgartirish mumkinligini mo‘ljallashmoqda hamda aniq yo‘nalishli ish – 2019 yilgi saylovlarga tayyorgarlik ketmoqda», - deya aytib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donbassdagi mojaro qachon keskinlashishi mumkinligi aytilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid