Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon uch nafar yuqori lavozimli amaldorni ishdan haydadi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon kecha respublika hukumatining navbatdagi yig‘ilishi davomida mamlakatga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, parranda go‘shti sifatida ustidan nazoratning yetarli darajada emasligidan norozi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, «olib kirilayotgan parranda go‘shtining sifati past va iste'mol qilishga yaroqsiz» ekani ta'kidlab o‘tilgan.
Shu sababli mamlakat hukumati qarorlari bilan Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va savdo inspeksiyasi agentligi direktori Ibodullo Qurboniyon, Tojikiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining Veterinariya nazorati xizmati rahbari Sherali Vazirov hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya va epidemiologik nazorat bo‘yicha davlat xizmati boshlig‘i Xolmahmad Karimzoda egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, odatda Tojikistondagi davlat amaldorlari fuqarolarga sababi oshkor etilmay turib lavozimlardan olinadi, bu esa ko‘plab mish-mishlar keltirib chiqaradi. Bu respublika hukumati uchun ishdan olinishga nima sabab bo‘lgani aytilgan birinchi holatlardan biriga aylandi.
Mavzuga oid
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026