Sport | 09:00 / 29.11.2017
15791
5 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Kubogi. «Real» quyi liga vakilini yenga olmadi

28 noyabr oqshomida Ispaniya Kubogining 1/16 finalida javob uchrashuvlari o‘tkazildi. 5ta o‘yindan keyin keyingi bosqichga chiqqan 5 jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.

Madridning «Real» klubi «Fuenlabrada» bilan o‘ynadi. «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan uchrashuvda durang hisob qayd etildi - 2:2.

«Qaymoqranglilar» safida Borxa Mayoral dubl qayd etdi, mehmonlar safida Luis Milya va Alvaro Portilya gol urishdi. 

«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl ikki oydan buyon ilk marta maydonga tushdi. 62-daqiqada maydonda paydo bo‘lgan uelslik futbolchi to‘pga birinchi teginishidayoq golli pas muallifiga aylandi.

Madrid klubi birinchi o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi va jamoa endi 1/8 finalga yo‘l oldi.

Shuningdek, «Selta» va «Levante» ham keyingi bosqichga chidi. Vigoliklar jamoasid«Eybar»ni o‘z uyida taslim etdi — 1:0. Xuana Karlos Unsue shogirdlari birinchi o‘yinda ham g‘alaba qozongandi — 2:1. «Levante» «Jirona» bilan durang o‘ynadi, ammo safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozongani uchun keyingi bosqichga chiqadigan bo‘ldi.

«Malaga» «Numansiya» bilan durang o‘ynadi, Malagadagi «La-Rosaleda» stadionida kechgan uchrashuvda tomonlar bittadan gol urishdi - 1:1.

18-daqiqada Adrian Gonsales mezbonlarni oldinga boshlagandi, ammo ikkinchi bo‘lim boshida Unai Elxesabal hisobni tenglashtirdi.

Birinchi uchrashuvda «Numansiya» 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi va shu tufayli jamoa keyingi bosqichga o‘tdi, «Malaga» turnirni tark etadigan bo‘ldi.

1/16 finalning yana bir uchrashuvida «Leganes» «Valyadolid»ni mag‘lubiyatga uchratdi - 1:0. Birinchi uchrashuvda ham 2:1 hisobida g‘alaba qozongan «Leganes» keyingi bosqichda o‘ynaydigan bo‘ldi.

Bugun turnirning ushbu bosqichida yana 11ta o‘yin o‘tkaziladi, «Barselona» «Mursiya» bilan, «Sevilya» «Kartaxena» bilan o‘ynaydi.

Ispaniya Kubogi
4-raund
Javob uchrashuvlari

Real Madrid – Fuenlabrada 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 25 Millar, 1:1 – 62 Mayoral, 2:1 – 70 Mayoral, 2:2 – 89 Portilya.
Real Madrid – Navas, Teo, Texero, Nacho, Xakimi, Lorente, Kovachich (Seoane, 81), Oskar Rodriges (Kesada, 75), Sebalos, Foylase (Beyl, 62), Mayoral.
Fuenlabrada –    Pol, Fran Garsiya, Kata Dias, Marrero, Barrozo (Dioni, 61), Ismail Atuman, Bravo (Portilya, 69), Milla, Frayle, Arnol (Kero, 79), Markes.
Ogohlantirishlar: Barrozo (58), Oskar Rodriges (60), Kata Dias (83).

Selta – Eybar 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90, penalti Aspas.
Selta – Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Fontas, Ernandes, Brais Mendes, Yulsager, Radoya (Lobotka, 72), Mor (Vass, 89), Gvidetti (Aspas, 72).
Eybar – Dmitrovich, Xose Anxel, Kapa (Arbilya, 75), Lomban, Galves, Penya, Jordan (Azkuye, 69), Sarregi, Bebe, Sharles, Kike (Enrik, 82).
Ogohlantirishlar: Jordan (56), Galves (71).

Malaga – Numansiya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 18 Gonsales, 1:1 – 53 Elxesabal.
Malaga – Andres Priyeto, Ernandes, Pino, Migel Anxel, Robles (Rolan, 66), Rolon (En-Nesiri, 72), Gonsales, Anor, Ontiveros (Mula, 81), Xoni Rodriges, Baston.
Numansiya – Moxamedi, Elxesabal, Echeberriya, Guterres, Grego Serra (Alberto, 79), Valkarse, Neto (Peres, 83), Larrea, Nacho (Mateu, 90), Fernandes, Valkarse.
Ogohlantirishlar: Ontiveros (23), Xoni Rodriges (85).

Leganes – Valyadolid 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 34 Tito.
Leganes – Shampan, Bustinsa, Riko, Tito, Raul Garsiya, Peres, Pires, Eraso (Gumbau, 83), El-Jar, Naranxo (Shimanovski, 76), Kone.
Valyadolid – Beserra, Marrex, Kalero, Moyyano, Anxel Garsiya, Serxio Markos, Alberto Gitian, Kotan (Mayoral, 66), Ervias (Toni Vilya, 75), Yanniotas (Salvador, 66), Vilyalibre.
Ogohlantirishlar: Bustinsa (56), Kalero (70), Salvador (81), Pires (85), Gumbau (87).

Levante – Jirona 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 33 Moxika, 1:1 – 75 Morales.
Levante – Lengerak, Pedro Lopes, Postigo, Kabako, Luna, Kampanya, Samu, Sidi El-Xasen (Bardi, 67), Jyeyson (Yalike, 87), Boateng, Nano (Morales, 59).
Jirona – Iraysos, Moxika (Porro, 80), Espinosa (Bulaya, 64), Planas (Diabi, 26), Ramalo, Aleysh Garsiya, Timor, Moreno, Duglas Luis, Villa, Olunga.
Ogohlantirishlar: Duglas Luis (44), Sidi El-Xasen (51), Kabako (61), Jyeyson (82), Samu (90).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid