Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada eng yangi harbiy 3D-texnika sinovdan o‘tkaziladi
Ukrainaning «Ukroboronprom» davlat konserni 80K6T 3D-radarini sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko feysbukdagi sahifasida xabar berdi.
«Ukroboronprom» davlat konserni 80K6T 3D-radarlarini sinovdan o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Bu radar havoda 500 kilometrga qadar bo‘lgan masofada obektlarni aniqlashi, ma'lumotlarni har besh soniyada yangilab borishi, hamda nishonlarga o‘ta yuqori aniqlik bilan hamrohlik qilishi mumkin», - deya yozgan u.
Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, radarni Ukraina qurolli kuchlaridagi barcha zenit-raketa majmualari bilan ham birga qo‘llash mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat hukumati «maydan»ning eng muhim talablaridan birini bajarishning uddasidan chiqilganligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026