Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning ma'lum qilişiça, mamlakat hukumati «maydan»ning eng muhim talablaridan birini bajarişning uddasidan çiqdi.
«Bizning yoşlar, talabalarimiz Maydanga talablar bilan çiqişganiga roppa-rosa tört yil töldi. Ular Yevropa yölidan Rossiya tomonga qarab çetlaşmaslikni talab qilişgandi», - deya siyosatçining sözlarini keltiradi «Ukrinform».
Poroşenkoning sözlariga köra, «Qadr-qimmat inqilobi» «ukrain xalqining ozodlik va mustaqillikka bölgan doimiy intilişi»ning yana bir isbotiga aylandi.
«Bu voqeani tört yildan beri nişonlamoqdamiz, biroq men odamlarga ilk marta şuni ayta olişim mumkinki, «maydan»ning eng asosiy talablaridan biri bajarildi: siyosiy assotsiatsiya va erkin savdo zonasi töğrisidagi kelişuv 1 sentabrdan kuçga kirdi», - deya ta'kidlab ötdi u.












