Jamiyat | 15:20 / 29.11.2017
5501
4 daqiqa o‘qiladi

O‘tgan haftada 2664 huquqbuzarlik aniqlandi

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 2664 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.

O‘tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 147 nafar tadbirkorlik sub'yektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma'muriy javobgarlikdan ozod etildi.

Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 2517 nafar shaxsga nisbatan 581,6 million so‘m ma'muriy jarima qo‘llanildi.

Shu jumladan:

- savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 614 nafar shaxsga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan 91,9 million so‘m, shundan:

a) xaridorga tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schet) bermasdan sotish (xizmat ko‘rsatish) holatlari bo‘yicha 405 nafar shaxsga nisbatan 60,6 million so‘m;
b) nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha 163 nafar shaxsga nisbatan 24,4 million so‘m;
v) to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha 42 nafar shaxsga nisbatan 62,9 million so‘m;
g) narxlarni asossiz ravishda oshirish holatlari bo‘yicha 4 nafar shaxsga nisbatan 0,6 million so‘m ma'muriy jarimalar;

- binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 54 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-1-moddasiga asosan 40,4 million so‘m;

- uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 267 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 160-moddasi 2-qismiga asosan 39,9 million so‘m;

- daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 115 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi 3-qismiga asosan 17,2 million so‘m;

- noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 321 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi-1 qismiga asosan 48,1 million so‘m;

- avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangan 84 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-3-moddasiga asosan 62,9 million so‘m;

- soliq hisobotini soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 732 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismiga asosan 109,6 million so‘m;

- debitorlik qarzi muddatlari o‘tkazib yuborilgan korxonalarning 22 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 3-qismiga asosan 32,9 million so‘m;

- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 308 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismiga asosan 138,3 million so‘m ma'muriy jarimalar qo‘llanildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid