Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning 400 dan ko‘proq askari Suriyadan olib chiqiladi
AQSh yaqin orada Suriyada 2,5 oy xizmat o‘tagan 400 dan ko‘proq dengiz piyoda askarini bu mamlakatdan olib chiqib ketadi. Bu haqda AQSh va ittifoqdosh kuchlar operatsiyasi vakili Rayan Dillon ma'lum qildi.
“Birinchi batalon, 10-dengiz polki avvalgi bo‘linmaning o‘rniga bu yerga 15 sentabrda kelgandi. Dengiz piyoda askarlari Raqqada IShID jangarilariga qarshi janglarda koalitsiya bo‘yicha sheriklarini artilleriya o‘ti bilan qo‘llab-quvvatlashgan. Shahar ozod etilib, terrorchilar chekinganda bo‘linmani uyga qaytarish buyrug‘i olingan”, deb ma'lum qildi qo‘mondonlik vakili.
“Bu bo‘linmaning ortga qaytarilishi mintaqadagi haqiqiy taraqqiyot ishorasidir”, deb qo‘shimcha qilgan Dillon va AQShning qolgan kuchlari IShID terrorchilik harakatining yana vujudga kelishi oldini olish uchun jangarilar bilan kurashni davom ettirishlarini ta'kidlab o‘tdi.
2013 yildan boshlab Raqqa IShIDning Suriyadagi “poytaxti” bo‘lgan. Iyunda kurd va arab harbiy tuzilmalari koalitsiyasi – Suriya demokratik kuchlari AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya ko‘magida Raqqani ozod qilish bo‘yicha operatsiyani boshlagandi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026