O‘zbekiston | 10:14 / 30.11.2017
18902
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida yangi elektr uzatish liniyasini quriladi

Foto: Fotolia

O‘zbekiston va Afg‘onistondagi Bag‘lon viloyati o‘rtasida yangi elektr uzatish liniyasini qurish nafaqat yirik sanoatchilarga foyda keltiradi, balki xususiy sektordagi elektr energiyasi yetishmovchiligi muammosini hal qilishda yordam beradi, deb xabar qilmoqda TOLOnews.

Afg‘oniston Milliy energetika kompaniyasi (DABS) rasmiy shaxslari 19 noyabr kuni O‘zbekistondagi Surxondaryo va Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Bag‘lon viloyatida joylashgan Puli-Xumri o‘rtasidagi yangi energetik loyihaning qurilishi yaqin vaqt ichida boshlanishini ma'lum qilishdi.

Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida Surxondaryo-Puli-Xumri yo‘nalishi bo‘yicha elektr energiyasini uzatish loyihasi ikki mamlakat vakillari tomonidan Ashxobodda 14-15 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Afg‘onistonda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Mintaqaviy konferensiya (RECCA) doirasida muvofiqlashtirildi.

«Bu loyiha Afg‘oniston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng boshlanadi. Keyinchalik biz amaliy ishlarni bajarishga o‘tamiz», - deya aytib o‘tdi DABS rahbari Omonullo G‘olib.

Yangi energetik loyiha bilan asosan sanoat uchun ishlatiladigan elektr energiyasi yetkazib beriladi.

Prezident Ashraf G‘aniy 19 noyabr kuni O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan tashrifi davomida ushbu mamlakat bilan 14 ta bitimni imzolashi haqida ma'lum qildi. Surxondaryo-Puli-Xumri yo‘nalishi bo‘ylab elektr energiyasini yetkazib berishga oid loyiha esa imzolanadigan bitimlardan biriga aylanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 noyabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy va prezidentning MDH mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid